Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV: O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami tadbirlarini o‘tkazish tartiblari belgilandi
27.08.2021 10:51,  
308

So‘nggi kunlarda yurtimizda koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichlari nisbatan barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami tadbirlarini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida Koraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko‘ngil ochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar ma’qullandi.

Mustaqillikning o‘ttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishni ta’minlashga mas’ullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni ta’minlash shartligi belgilandi. 

Shu o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlarda, shuningdek, tashkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarda niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotlariga rioya etilishini so‘rab qoladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Matbuot xizmati.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан