Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV: “Tez yordam” xizmatida faoliyat yuritayotgan shifokorlar soni qariyb 14 ming nafarga yetdi
13.12.2021 19:53,  
26

Har qanday soha rivojida yetuk va malakali kadrlar muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiyot yo‘nalishida bu hal qiluvchi mezondir.

Shu sababli bugun yurtimizda sog‘liqni saqlash sohasining eng muhim yo‘nalishi bo‘lgan “Tez yordam” xizmatini malakali kadrlar bilan ta’minlash va ular malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Buning natijasida 2021 yilning ayni shu davriga kelib, “103” xizmatida faoliyat olib borayotgan shifokorlar soni 13 ming 798 nafarga yetdi. Sohani malakali vrach kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi esa 90,7 foizni tashkil qilmoqda.

Jumladan, bu ko‘rsatkich Namangan va Buxoro viloyatlarida 100 foiz, Samarqand viloyatida 99 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon viloyatida esa 95 foizga teng.

Tizimda faoliyat yuritayotgan shifokorlarning 2316 nafari yuqori malaka toifasiga ega bo‘lsa, 1186 nafari birinchi, 1088 nafari esa ikkinchi toifali mutaxassislardir.
 
Shuningdek, oxirgi yillarda yana bir muhim jihat – “Tez yordam” xizmatini reanimatolog-shifokorlar bilan ta’minlash borasida ham ijobiy natijalar qayd etilib, tizimda mehnat qilayotgan ushbu mutaxassislar soni 686 nafarga yetdi. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelib, mazkur hududlarda “103” xizmati to‘liq ushbu mutaxassislar bilan ta’minlangan.

Qolaversa,  bugungi kunda sohada mehnat qilayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari 29 ming 227 nafar, ta’minlanganlik darajasi esa qariyb 99 foizni tashkil qilmoqda.

Aytish lozimki, ularning 5411 nafari yuqori malaka toifasiga, 5603 nafari 10-20 yil, 3893 nafari 20 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan o‘rta tibbiyot xodimlaridir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан