Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV Toshkentda koronavirusga chalinganlar soni ortayotganiga izoh berdi
14.03.2021 16:41,  
830

Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar soni ko‘payayotgani sababi haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ikki kunlik keskin o‘sish vahimaga sabab bo‘ladigan holat emas. Ammo bu odamlar karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘yganidan dalolat beradi.

«Koronavirus mamlakatimizdan butunlay ketgani yo‘q. Manbasi saqlanib qolyapti. Ikki kunlik ko‘rsatkichdan fojia yasamaslik kerak. Shu bilan bir qatorda, biz so‘nggi vaqtlarda mana, biz koronavirusdan qutuldik, deb bamaylixotirlikka berildik. Shuning uchun, SSV bir yil avval aytganidek, niqob taqib, masofani saqlab yurishimiz kerak. Asosiy sabab shu – o‘zimizning bamaylixotirligimiz», – deydi SSV matbuot kotibi Furqat Sanayev.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda koronavirus cho‘qqiga chiqqan vaqtda COVID-19 bemorlarini davolash uchun 159 ta davolash muassasi bo‘lgan. Hozir ulardan 7 tasi qoldirilgan. Qolganlari o‘zining asosiy faoliyatiga qaytgan va ma’lum bir qismi ehtiyot chorasi sifatida konservatsiya qilib qo‘yilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан