Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Statistika qo‘mitasi isloh qilinadi — u faqat bosh vazir va prezidentga hisob beradi
19.04.2020 00:06,  
491

Davlat statistika qo‘mitasi negizida Milliy statistika qo‘mitasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda ommaviy muhokamalari portaliga qo‘yilgan prezident qarori loyihasida aytib o‘tilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi o‘z faoliyatini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va bevosita O‘zbekiston prezidenti va mamlakat bosh vaziriga hisobot beradi.

Milliy statistika qo‘mitasi vazirliklar va idoralarning idoraviy ma’lumotlar bazalariga, shu jumladan ularni o‘zaro integratsiyalashgan holda, kuzatuvlar o‘tkazish, tahlil qilish va rasmiy statistika materiallarini to‘plash uchun kirish huquqiga ega bo‘ladi.

Qo‘mita prezident tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan rais tomonidan boshqariladi. Raisga to‘rtta o‘rinbosar tayinlanadi, birinchi o‘rinbosar to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezident tomonidan ushbu lavozimga tayinlanadi.

Joylardagi statistika boshqarmalari mahalliy hokimiyat organlaridan mustaqil faoliyat yuritadi va Milliy statistika qo‘mitasiga bo‘ys unadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан