Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sudyalar oliy kengashiga yangi a’zolar tasdiqlandi
13.04.2021 09:28,  
419

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan:

Turg‘unboy Madaminjonovich Buvayev (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasida bosh inspektor lavozimida faoliyat yuritgan);

Janagul Ismaylovna Balkibayev (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan);

Nodira Aloxonovna Boboxonova (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan);

Malikaxon Pirnazarovna Kalandarova (bungacha Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan);

Otabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov (bungacha Andijon viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimida faoliyat yuritgan);

Baxram Nizamatdinovich Sabirov (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasida yetakchi inspektor lavozimida faoliyat yuritgan);

Vahhobjon Abdikarimovich Fayzullayev (bungacha Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan);

Elza Rifovna Shamsutdinova (bungacha Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan) Sudyalar oliy kengashining doimiy asosda faoliyat yurituvchi a’zolari etib tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Sudyalar oliy kengashi raisiga o‘rinbosar va kotib tasdiqlangandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан