Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Svetlana Ortiqova: 2020 yilda 31 nafar shaxs madaniy meros ob’yektlari muhofazasiga daxl qilgani uchun javobgarlikka tortilgan
21.11.2020 13:56,  
48

2020 yilda 31 nafar shaxs madaniy meros ob’yektlarining muhofazasiga daxl qilgani uchun intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisida aytib o‘tgan. Jumladan, Ortiqova senator Abdurahim Irkayevning madaniy, ayniqsa, arxeologik ob’yektlar muhofazasini kuchaytirish uzoq yillardan buyon mutlaqo qoniqarsiz ahvolda ekanligi yuzasidan bildirgan e’tirozlariga javob bergan.

Irkayev Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Yakkabog‘ va Chiroqchi tumanidagi yodgorliklarda tuproq ishlari natijasida taxminan 22 milliard zarar ko‘rilgani, Shahrisabzdagi moddiy-madaniy meros ob’yektlarda jami 77 ta, Yakkabog‘da 17 ta noqonuniy uy-joy qurilganini qayd etgan. Madaniy ob’yektlarning himoyasi o‘z holiga tashlab qo‘yilganini aytib, «Prokuratura organlarining xayoliga bu masala keladimi yoki tepalik-da, deb qo‘yadimi? Biz endi har bir tepalik yoniga borib, qorovulxona qurib ololmaymiz»,— deya savol yo‘llagan.

«Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning ijrosi ustidan prokurorlik nazorati o‘rnatilgan. Rejaviy dasturlarga asosan tadbirlar o‘tkazilyapti, natijada aniqlangan qonun buzilishi va huquqbuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan prokurorlik ta’sir choralari ko‘rilyapti. Masalan, bu yilning o‘zida 45 ta noqonuniy huquqiy-normativ hujjatlarga protestlar keltirilgan. Qonun buzilishi holatlariga olib kelgan sabab va sharoitlarni yo‘qotishga qaratilgan 106 ta taqdimnoma kiritilgan, 31 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Svetlana Ortiqova, bosh prokuror o‘rinbosari

Shuningdek, bosh prokuror o‘rinbosari jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oqibati bilan emas, balki oldini olish bilan ko‘proq shug‘ullanish kerakligi, respublikada 8 mingga yaqin madaniy meros ob’yektlari bo‘lsa, Madaniyat vazirligi huzuridagi departament ularni nazorati qilishi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga hujjatlar taqdim etishi lozimligini ta’kidlagan.

«U yerda respublika bo‘yicha 60 nafar xodim ishlayotgan bo‘lsa, har biriga 133 ta ob’yekt yuklamasi to‘g‘ri keladi. Bizning ham yuragimiz qon bo‘ladi, o‘sha moddiy-madaniy meros ob’yektlari yo‘q bo‘lib qolyapti, kimdir ularga yer ajratyapti, bu holatlar 20-30 yil avval bo‘lgan, jinoyat ishi qo‘zg‘atishning har qanday muddati o‘tib ketgan. Milliy qonunchilikka ham e’tibor berishimiz kerak», — deydi Ortiqova.

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida olib borilgan o‘rganishlar natijasida Bosh prokuraturaga tegishli qaror kelgan, uning ijrosi bo‘yicha organga bitta band belgilangani, tegishli hududiy prokurorlarga qat’iy topshiriqlar berilganini qayd etilgan.

Tanzila Norboyeva prokuratura ham hamma joyga borib nazorat qilishining imkoni yo‘qligi, bunda jamoatchilik nazorati hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi mutassaddi idoralarning xodimlari ko‘proq mas’ul ekanligini bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан