Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Talabaga tegajog‘lik qilishda gumonlanayotgan «zamdekan» qizning o‘zi unga shilqimlik qilganini aytdi
28.10.2021 19:27,  
1228

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan o‘rinbosari o‘z xonasida talaba qizga tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgandi. Talaba qizning UzReportTV telekanaliga ma’lum qilishicha, dekan o‘rinbosari bu ishda qizni ayblagan.

«Tergovda u (dekan o‘rinbosari)ning aytishicha, mening qizim uning xonasiga kirib, kalit bilan xonani qulflab olgan emish. Qizimni yigiti kelib qolgani sabab qayerga berkinishini bilmay, derazadan o‘zini tashlab yuborgan emish.

Qizim hali hayotga to‘ymagan quvnoq qiz. Qizim ijodkor qiz, u hali bunaqa narsalar haqida o‘ylamaydi. Chunki oilamiz o‘qimishli oila: hammamiz o‘qituvchimiz. Shuning uchun qizim uning xonasiga ishonib kirgan», – deydi talaba qizning onasi.

Ma’lumot uchun, 18 oktyabr kuni 20 yoshli M.K. Zulfiya mukofotiga tavsiyanoma olish maqsadida yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Yu.ning xonasiga kirgan. 37 yoshli dekan o‘rinbosari B.Yu. qizdan kutib turishini so‘ragan. Qizning aytishicha, xonadan hamma chiqib ketgach, dekan o‘rinbosari charchaganini aytib, undan qahva damlab berishni so‘ragan. Qiz qahva damlamoqchi bo‘lganida erkak eshikni ichkaridan qulflab, chiroqni o‘chirgan. M.K. nimanidir sezganday yaqin do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, tezroq yetib kelishni so‘ragan, xonadan chiqay desa, erkak uni ushlab olib, xonasidagi divanga yotqizmoqchi bo‘lgan.

Qiz qarshilik ko‘rsatgan, eshikning u tarafida esa qizning do‘sti kelib, eshikni ochishni so‘ragan. M.K. amallab oyna oldiga kelib, yordamga chaqira boshlagan. Shunda qizning aytishicha, erkak uni derazadan itara boshlagan. U qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin kuchi yetmay, oynadan pastga tushib ketgan. Dekan o‘rinbosari esa derazani yopib, jalyuzini tushirgan va eshikni ochgan. Qizning do‘sti dekan o‘rinbosarini olib, pastga tushgan. Atrofda yig‘ilganlarga B.Yu. qiz oynadan o‘zi sakragani va uni o‘zi shifoxonaga olib borishini aytgan.

Shifokorlar qizga tos suyagi sinishi, gematomalar va miya chayqalishi tashxisini qo‘ygan. Qizning yaqinlarining aytishicha, dekan o‘rinbosari tomonidan kelgan odamlar ularga o‘z ko‘rsatmalarini o‘zgartirishlari uchun pul taklif qilgan. B.Yu. esa hammaga qiz o‘z joniga qasd qilgan demoqda. U o‘qigan fakultet talabalarini to‘liq onlayn ta’limga o‘tkazilgan.

IIV matbuot kotibining ma’lum qilishicha, 19 oktyabr kuni dekan o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 105 (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 118-moddalari (nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 23 oktyabr kuni ekspertiza javobi chiqishi bilan dekan o‘rinbosari protsessual tartibda ushlangan.

SSVning ma’lum qilishicha, bemorning dinamikada ahvoli qoniqarli. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining tajribali shifokorlari tomonidan muolajalar davom ettirilmoqda.

Voqea yuzasidan Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov munosabat bildirib o‘tdi. Saida Mirziyoyeva bunday holatlarni doimo jamoatchilikka ma’lum qilib turilishi uchun Senat, Bosh prokuratura, IIV va OAVning harakatini birlashtiradigan yirik loyiha zarurligini bildirib o‘tdi. Komil Allamjonov bu fikrga qo‘shilishini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан