Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi: Sifatli ta’lim narxi arzon bo‘lmaydi
13.02.2020 16:18,  
342

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i matbuot kotibi Feruza Madrahimova qo‘shni mamlakatlar OTMlari diplomlarini nostrifikatsiya qilish bo‘yicha raqamlarni ma’lum qildi.

Madrahimovaning yozishicha, so‘nggi uch yillikda diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun  arizalar soni 5,3 marta (12867 ta) o‘sgan bo‘lsa, shularning 72,4% (9316 tasi) qo‘shni mamlakatlar ta’lim muassasalariga to‘g‘ri kelmoqda. 70% (6526 ta ariza) “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohasiga to‘g‘ri keladi. 

"Qo‘shni mamlakat OTMlaridan arizasi ijobiy hal bo‘lganlar, ya’ni diplomi nostrifikatsiya qilinganlar salmog‘i atigi 23,8%ni tashkil etmoqda. (Qirg‘iziston-22,8%, Qozog‘iston-27,8%, Tojikiston-22,9%). Bu - ularda berilayotgan ta’lim sifati yaxshi emas degani. 

Shunga qaramay, qo‘shni davlatlarning OTMlarida to‘lov-shartnoma summasining arzonligi, qabul tizimining nisbatan soddaligi, aksariyat hollarda kirish imtihonlarining mavjud emasligi bois o‘qishga borayotgan vatandoshlarimiz soni oshmoqda. Jahondagi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tendensiyasidan ma’lumki, sifatli ta’lim narxi arzon bo‘lmaydi. 

Qo‘shni mamlakatlardagi aksariyat OTMlari tomonidan taklif etilayotgan to‘lov-kontrakt narxi sifatli ta’lim berish imkoniyatini bermaydi.

Hozirda Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonda taxminan 55000 nafarga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olmoqda. Qozog‘istonda 27000 (kunduzgi - 30%, sirtqi – 70%), Qirg‘izistonda 18000 (kunduzgi - 42%, sirtqi – 58%), Tojikistonda 10000 (kunduzgi - 30%, sirtqi – 70%) nafar o‘zbek yoshlari tahsil olmoqda", deb yozdi Feruza Madrahimova.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан