Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Talofat ko‘rgan oilalarga qanday yordam berilishi, qancha uy qurilishi ochiqlandi
16.05.2020 13:46,  
198

Talofat ko‘rgan oilalar soni qancha? Ularga qanday moddiy yordam beriladi? Ularning keyingi hayoti qanday bo‘ladi? Bu haqda Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lumot berildi.

Zarar ko‘rgan 4,5 mingga yaqin xonadon egalarining har biriga:

- 40 mln. so‘mlik moddiy yordam;

- Televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar topshirilmoqda.

Uy-joyi butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3 ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Ta’mirlanadigan va yangi quriladigan uylar davlat tomonidan bepul qurib-ta’mirlab beriladi.

1 sentyabrgacha odamlar yangi uylarga va o‘zlarining ta’mirlangan hovli-joylariga to‘liq ko‘chib o‘tadi.

Shu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qoladi.

Uchta tumanda 1 ming 800 ga yaqin beton panelli kottejlar zamonaviy ta’mirlanib topshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан