Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Odamlar, sizlarni tanqid qilsam maylimi?
19.09.2019 10:46,  
920

Sherzod Shermatov: "O‘zi umuman, televideniye orqali kimnidir ruxsatisiz tanqid qilinayotganda, iqtisodiy rivojlangan davlatlardagidek imkoni boricha uni tanib bo‘lmaydigan qilib, yuzini ko‘rsatmasdan amalga oshirish to‘g‘ri bo‘ladi, ayniqsa yosh bolalarga bu juda salbiy ta’sir qiladi."

Bu gapni xazm qilishda Erkyul Puaroning miya hujayralari dosh berolmagan bo‘lardi. Endigi intervyularda shunday mazmundagi savolni eshitib qolsangiz ajablanmang:

- Janob Bosh vazir, sizni tanqid qilsam maylimi? Lekin kimligingizni aytmaymiz. :)
- Janob Ichki Ishlar vaziri, ruxsatingiz bilan sizning IVS va SIZOlaringizni tanqid qilsak, bunga nima deysiz? Lekin qaysi IVSligini aytmaymiz...
- Axb... vazirligi nega televideniyadagi seriallarga qaramayapti? "Ayniqsa yosh bolalarga bu juda salbiy ta’sir qiladi."
Mayli vazirlarni tinch qo‘yib turaylik...
- Bitta partiya bor, ko‘chadagi axlatni yig‘ishtirish o‘rniga axlat qilmaslikni targ‘ib qilib yuradi. Lekin qaysi partiyaligini aytmaymiz, xa-xa-xa!
- Menga qaysidir partiya populizm orqali ovoz yig‘ishga urinayotgandek tuyulyapti, sizgachi?

Xo‘p, partiyalarniyam gapirmaymiz. Umuman, kimni gapirish kerak? Nonni isrof qilmang, suvni asraylik, kattalarni hurmat qilish kerak, qizlarni xafa qilmaylik, o‘zimizning tilda gaplashaylik.... shumi jurnalistika? Shumi qoliplarimiz? Kim mana shu mavzularda balandroq gapirsa, unga hadya beramiz, shundaymi?

Jurnalistika xavf ostida qolmoqda... Umuman ruxsat so‘rab qilinadigan tanqid qanday bo‘ladi? Kelishib olishadimi? Ayrim jurnalistlarimiz intervyuni shunday chiqarishadi, ba’zan. "Men mana bu savolni beraman, siz mana bunday javob berasiz. Orada biroz tanqid qilib ketamiz, lekin havotirga o‘rin yo‘q! Ochkoga ishlab olamiz! O‘ziga xos PiAr! Nima deysiz?.. Bo‘lmaydi? Ha mayli, shunchaki suhbatlashib qo‘yovramiz"...

Davra qurib qimor o‘ynalayotganda, ikki kishi bir-birining qartasiga qarab olishi, o‘zaro kelishib olishi yoki bir-biriga imo-ishora qilishi mumkin. Shunda buni sezganlar nima deyishadi, bilasizlarmi? "ko‘z qisib o‘tirasanmi, quchog‘iga o‘tirvolaqol!" Odatda, janjal mana shundan keyin boshlanadi.

Ayrim jurnalistlarga aytar so‘zim, maqola yozayotganingizda, qayerda o‘tirganingizga e’tibor bering. Amaldorning "quchog‘ida" o‘tirib maqola yozib bo‘lmaydi.

Ba’zi amaldorlarga esa "tanqiddan xafa bo‘lish emas dars olish kerak" deyman. Boshqa takrorlamaslik uchun. "Yo‘q, bizga yoqmaydi" denglar, maqtab yozovramiz. Soqqasini kelishsak bo‘ldi. Futbolist transfer bo‘lganda, jurnalist bo‘lmasinmi?

Mishaa, tanqid otmen! Maqtaymiz!

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан