Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ta’qiqda bo‘lgan yer maydonini 800.000 AQSh dollariga sotishga uringan shaxs ushlandi
31.03.2022 20:19,  
156

Xususan, 2022 yil 30 mart kuni fuqaro E.N.  “O‘rol” ismli shaxs Bektemir tumanida joylashgan ta’qiqda bo‘lgan issiqxona uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini har bir sotixini 4.000 AQSh dollaridan jami 800.000 AQSh dollariga sotishini, yer maydoniga qo‘yilgan ta’qiqni tegishli organlar orqali yechib, kelgusida qurilish ishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishga va’da berib, oldindan 80.000 AQSh dollari berishini talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur murojaatga asosan Bosh prokuratura, IIV, DXX hamda IJQK Departamenti xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yunusobod tumanidagi Kardiologiya markazi oldida Ch.O‘. arizachi E.N.dan 80.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан