Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Tashkent city” direksiyasi Murod Nazarovga javob qaytardi
10.06.2021 07:59,  
619

"Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarovning “Tashkent city” hududida yer ajratish masalalari noqonuniy hal etilgani haqida fikr bildirgandi. Tadbirkorning bu fikrlari tarmoq foydalanuvchilari orasida munozaraga sabab bo‘ldi.

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarovning ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ushbu hududda amalga oshirilayotgan qurilish ob’yektlarini xujjatlari tasdiqlanmaganligi haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3895-son qarori va 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577 son farmoniga muvofiq “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlar markazi doirasida investorlar loyihalarni “fast-track” usuli (bir  vaqtning o‘zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan “tayyor holda topshirish” shartlarida amalga oshirishga ruhsat berilgan.

Shuningdek, mazkur ob’yektlarni loyihalashtirishda Yevropa ittifoqi, Turkiya, Koreya va Xitoy davlatlarining zamonaviy qurilish normalarini qo‘llagan holda ishlab chiqilib, mahalliy qurilish normalariga bosqichma bosqich muvofiqlashtirilgan (adaptatsiya) holda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishmoqda.

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazida joylashgan “Xilton” mehmonxonasi va Kongress-xoll markazi 2019 yil dekabr oyida, “Gardens Residence”, “Boulevard” turar joy majmualari tegishlicha 2020-2021 yillarda o‘rnatilgan tartibda bosqichma-bosqich davlat qabul qilish dalolatnomasi asosida foydalanishga qabul qilingan.

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida amalga oshirilayotgan barcha qurilish ishlari Qurilish vazirligi va boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda shaharsozlik normalariga asosan olib borilishi nazoratga oliganligini ma’lum qilamiz.

Shuni alohida eslatib o‘tamizki, “Murod Building” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarovning qurilishga ruhsat beruvchi xujjatlar yuzasidan bildirgan fikrlari xaqiqiy holatga to‘g‘ri kelmaydi va asossiz hisoblanadi”, deyiladi direksiya xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан