Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashqi ishlar vazirligi 4 kun o‘tib, Zaxarovaning so‘zlariga javob qaytardi
18.05.2020 20:10,  
2988

14 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekistonning ichki siyosatiga qo‘pol ravishda aralashib, O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilovchi qonun loyihasi bo‘yicha munosabat bildirgan edi.

18 may kuni Rossiya TIV vakili Zaxarovaning fikrlari munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Unda aytilishicha, davlat tilini tartibga soluvchi sohaga bog‘liq masalalar davlatning mutlaq ichki siyosatiga daxldor bo‘lib, har qanday aralashuv aslo maqbul emas.

Mamlakatimiz hududida yashovchi barcha millat va elatlar tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish respublika qonunchiligida o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

Bundan tashqari, 1995 yilda qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga binoan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi.

Shuningdek, qonun o‘z ona tilini o‘rganish va undan foydalanish, xususan ta’lim olish, davlat tashkilotlariga murojaat qilish, huquqiy va boshqa ma’lumotlardan foydalanish hamda ishbilarmonlik muomalasida hech qanday to‘siqlarsiz qo‘llash imkoniyatini kafolatlaydi.

Ko‘plab maktab va oliy ta’lim muassasalari, jumladan xorijiy universitetlar filiallari, madaniyat markazlarida o‘qitish, davriy nashrlarni chop etish, tele- va radiodasturlar turli tillarda olib borilayotgani buni yaqqol tasdiqlaydi.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi boshqa millatlar holati to‘g‘risida tashvishlarga hech qanday asos yo‘q. Gap yuqorida zikr qilingan 1995 yilda qabul qilingan qonun ijrosi haqida ketmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi mamlakatimizda davlat tili haqidagi qonun talablariga rioya etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish jarayonida xolis bo‘lishga, oldindan asossiz xulosa chiqarmaslikka va hurmat saqlanishiga umid qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан