Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Taxiatosh IES"da yong‘in yuz bergani rostmi?
26.04.2021 08:11,  
181

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJ da yong‘in yuz bergani va buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining aksariyat hududlarida elektr energiyasi uzilishi yuz bergani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning ma’lum qilishicha, “Taxiatosh IES” AJda hech qanday yong‘in va shu kabi favqulodda holatlar yuz bermagan.

Ushbu holatni Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham tasdiqladi.

Bugun, 25 aprel kuni soat 20:46 da stansiyadagi ochiq taqsimlovchi qurilmada qisqa tutashuv yuz berganligi sababli 1-sonli bug‘-gaz qurilmasi va 1, 3-sonli turbogeneratorlar avtomatik himoya tizimining ishga tushushi natijasida o‘chib qolgan. 

Voqea natijasida energouskunalarga hech qanday talofat yetkazilmagan. Soat 21:23 da stansiyada ochiq taqsimlovchi qurilmaning ish faoliyati tiklangan.

Energobloklar bosqichma-bosqich ishga tushirilib energotizimga ulanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан