Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Telefon g‘ilofidan giyohvandlik moddasi topildi
28.02.2021 11:01,  
74

Joriy yil 22 fevral kuni, Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar ko‘chasida shubhali harakatlar sodir etganligi uchun yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimining orqa chap cho‘ntagidan 1000 so‘mlik kupyuraga o‘ralgan, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli modda va qo‘lidagi “Samsung” rusumli telefon apparatining g‘ilofi ichida bir bo‘lak, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan. Bu haqida Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning umumiy sof og‘irligi 0,20 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан