Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi
14.01.2021 17:43,  
2095

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining sahifasida telegramda rasmiy kanallariga ega prezidentlar haqida yozdi. Uning ro‘yxatida anchadan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sahifasi ham o‘rin olgan.

Jumladan, Durov quyidagi so‘zlarni yozib qoldirgan:
“Mening so‘nggi xabarimdan beri (telagram foydalanuvchilari ortayotgani haqidagi xabar aytilmoqda — tahririyat) Telegramga yangi foydalanuvchilarning ulkan oqimi faqat tezlashdi.  Biz insoniyat tarixidagi eng katta raqamli migrasiyaga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Ushbu global hodisadan so‘ng, ikkita prezident o‘zlarining Telegram kanallarini ochdilar:

Braziliya Prezidenti - @jairbolsonarobrasil

Turkiya Prezidenti - @RTErdogan

Ular platformada mavjud bo‘lgan boshqa davlat rahbarlarining ro‘yxatiga qo‘shilishadi:

Meksika Prezidenti - @PresidenteAMLO

Fransiya Prezidenti - @emmanuelmacron

Singapur Bosh vaziri - @leehsienloong

Ukraina Prezidenti - @V_Zelenskiy_official

O‘zbekiston Prezidenti - @shmirziyoyev

Isroil Bosh vaziri - @bnetanyahu

Ma’lumot uchun, bunday tasdiqlangan kanallar odatda, sizning chat ro‘yxatingizda va qidiruv natijalarida ko‘k belgiga ega. Shu orqali prezidentlarning rasmiy sahifalarini tanib olishingiz mumkin”.Eslatib o‘tamiz, kuni kecha telegramga "ko‘chib o‘tgan" Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning sahifasiga ikki kun ichida 200 mingdan ortiq kishi obuna bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан