Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”... Endi “Moviy daftar” ham yuritiladimi?
10.10.2020 14:23,  
2970

AOKAda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i  O‘g‘iloy O‘rozova ishtirokidagi brifing bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu savolga javob berildi.

Yurtimizda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxati, ya’ni “Temir daftar” tuzilgan edi. 

Shuningdek, har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” shakllantiriladi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan “Moviy daftar” ro‘yxati shakllantirilishi haqidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan xabarlar hech bir asosga ega emas.

Eslatma: “Temir daftar” — moddiy va ko‘makka muhtoj oilalarning hududlardagi tegishli sektorlar tomonidan shakllantirilgan shaffof ro‘yxati;

“Ayollar daftari” — ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarning shakllantiriladigan ro‘yxat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан