Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«TikTokerlar»ni cheklash emas, ularga imkoniyat berish kerak» — Jahongir Ortiqxo‘jayev
18.12.2020 11:39,  
392

Tashkent city’da joylashgan Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlari forum — 2020” doirasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Unda ishtirok etgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev forumda TikTok yulduzlarining ishtirok etishi bo‘yicha berilgan savolga javob qaytardi.

“TikTok ham ijtimoiy tarmoqlar, internet olamining bir qismiga aylanib ulgurdi. Ularni cheklash emas, balki to‘g‘ri yo‘lga solishimiz kerak. O‘zbekiston demokratik davlat, bizga cheklash yarashmaydi. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solsak, bugun arzimasdek ko‘ringan o‘sha yoshlar ertaga kerakli insonga aylanadi”, deya hokimning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, 18-21 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Toshkent yoshlari forum — 2020” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан