Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Tinch infarkt”ni qanday aniqlash mumkin? Uni payqamaslik ham mumkinmi?
31.10.2019 18:17,  
3817

Ko‘krakda qattiq og‘riq turishi, qon bosimining o‘ta tez ko‘tarilishi, nafas olish yo‘llarida to‘satdan xuruj paydo bo‘lishi. Biz infarktning belgilarini taxminan shunday tasavvur qilamiz va odatda aynan shu kabi bo‘ladi.

Bu o‘rinda boshqa belgilarni ham sanash mumkin: qo‘l yoki bo‘yinda sanchadigan og‘riq paydo bo‘lishi, bosh aylanishi, me’yordan ortiq terlash.

Ammo xuruj yuqoridagi odatiy belgilarsiz yuz bersa, hatto bemorning o‘zi ham buni bilmasa, unda infarkt qanday sodir bo‘lgan?

Harvard universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra bunday holatlar ham tez-tez bo‘lib turadi. O‘tkir yurak xuruji holatlarining qariyb yarmi (45%i) mana shunday, “tinch” yoki “ko‘rinmas” infarktga (SMI - silent myocardial infarction) to‘g‘ri kelib, bu ko‘proq erkaklarda kuzatiladi.

“Bunday infarktning belgilari zaif bo‘lib, uzoq davom etmaydi. Shuning uchun ko‘pchilik bunday beliglarni odatiy charchoq yoki uncha jiddy bo‘lmagan muammo sifatida qabul qiladi”, deb tushuntiradi Harvard universiteti klinikasi professori Jorj Platski.

Xavotirga sabab bo‘ladigan belgilar:

– yurak qafasi markazida og‘riq his etish, bu og‘riq bir necha daqiqada o‘tib ketmasligi, yoki tezda o‘tib ketib, yana qaytadan boshlansa;

– tananing yuqori qismida umumiy noqulaylikni his etish, bir yoki har ikki qo‘lda, ko‘krakda, qorinda, bo‘yinda yoqimsiz narsalarni sezish;

ko‘krakda yoqimsiz hislarni sezishdan oldin yoki keyin nafas olishning qiyinlashishi;

to‘satdan sovuq ter bosishi, bosh aylanishi yoki ko‘ngil aynish.

Erkaklar alohida xavotir guruhida

Shifokorlar 45 yoshdan 84 yoshgacha oraliqdagi, yurak-qon tomir tizimida kasallik bo‘lmagan deyarli 2 000 nafar erkak va ayolni ko‘rikdan o‘tkazishdi. Oradan yana 10 yil o‘tib, ayni tadqiqotda qatnashganlarning yuragi qaytadan tekshirib ko‘rildi.

Shunda ulardan 8%ining yuragida yaralar borligi aniqlangan. Bu ayni shu insonlar miokard infarktini o‘tkazib yuborganini anglatadi. Ammo ularning 78%i bu xurujni hatto bilmagan ham.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra erkaklar “tinch infarkt”ni ayollarga nisbatan besh marta ko‘proq o‘tkazib yuborishi aniqlangan.

Ayni tadqiqot xulosalariga ko‘ra, SMI’ni keltirib chiqaradigan omillar oddiy infarktniki bilan deyarli bir xil: chekish, ortiqcha vazn, jismoniy harakat kamligi, yuqori qon bosimi, xolesterin va qand moddasining me’yordan ortib ketishi.

“Tinch infarkt” oqibatida yurak yomonroq ishlay boshlaydi, unda yaralar paydo bo‘ladi. Bu xurujni o‘tkazgan ko‘pchilik bemorlar darhol tibbiy yordamga murojaat etmasligini hisobga olsak, ularda keyingi, jiddiyroq xuruj qaytalanish xavfi yuqori bo‘ladi”, deydi Jorj Platski.

Ba’zida erkaklarda o‘tkazib yuborilgan infarkt xurujdan bir necha hafta, hatto bir necha oy o‘tib, odatiy tibbiy ko‘rik paytida, yoki muntazam charchash, doimiy nafas qisishi, yurakning o‘ta tez urishi kabi holatlardan shikoyat qilib kasalxonaga murojaat etilganida yuzaga chiqadi.

Bunday holatda shifokorga SMI tashxisini qo‘yish qiyin emas – buning uchun oddiy kardiogramma yoki yurakni ultratovushli tekshirish kifoya qiladi. Bu kasallikni aniqlashning yana bir oddiy yo‘li – qonda maxsus oqsil (T troponin) borligini aniqlash uchun tahlil o‘tkazish: agar yurak mushak hujayralari zararlangan bo‘lsa, ayni oqsil qonga tushadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан