Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tinchlik istasang - urushga tayyor bo‘l: Rossiya YeI bilan aloqalarni uzishga tayyor - Lavrov
13.02.2021 21:23,  
826

Yevropa Ittifoqi sanksiyalar kiritishda davom etsa, Moskva Bryussel bilan aloqalarni uzishi mumkinligini istisno qilmaydi. Bu haqida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Solovev LIVE" kanalida bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

"Biz tayyormiz, agar oldin bir necha marotaba bo‘lganidek, iqtisodimizning turli sohalariga, jumladan  eng nozik sohalariga ham ta’sir qiluvchi sanksiyalar kiritilishida davom etaversa, Moskva Bryussel bilan aloqalarni uzishi mumkinligini istisno qilmaydi", - dedi Lavrov.   

"Albatta, biz dunyo hayotidan ajralib qolishni istamagan bo‘lardik, lekin bunga tayyor bo‘lish kerak. Tinchlik istasang - urushga tayyor bo‘l", - deb qo‘shimcha qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri. 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Moskvaga tashrif buyurgan YeI tashqi ishlar vaziri Aleksey Navalniyni ozodlikka chiqarishni talab qilgan edi. Rossiya hukumati rad javobini berganidan so‘ng YeI "Shimoliy oqim-2"ni bloklab qo‘yish bilan po‘pisa qilgan edi.

Undan bir necha kun oldin esa, Rossiya Aleksey Navalniy tarafdorlari mitingida ishtirok etgan 3 nafar Yevropa diplomatlarini (Shvetsiya, Germaniya i Polsha) persona non-grata deb e’lon qilib mamlakatni tark etishni talab qilgan edi.

Shuningdek, Navalniy sudi majlisiga 14 davlat diplomatlari tashrif buyurishgan edi. Rossiya Tashqi ishlar vazirlig maxsus vakili Mariya Zaxarova diplomatlarning ushbu ommaviy tashrifini "Rossiya ichki ishlariga aralashish" deb atagan edi.




Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан