Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






To‘dako‘l hududida “Orom qirg‘og‘i” (“Leisure Coast”) plyajlari quriladi
23.06.2020 21:52,  
589

Turizm sohasini jadal sur’atlarda tiklash va mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng uni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti 2020 yil 19 iyun kuni “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4755-sonli qarorni imzoladi.

Qaror bilan O‘zbekiston Prezidenti mamlakatga sayyohlar tashrifi uchun sharoitlar yaratish, turistik va yondosh infratuzilmani rivojlantirish maqsadida bir qator imkoniyatlarni yaratdi. Jumladan:

1. 2020 yil 1 avgustdan boshlab reyslar soni va yo‘nalishlari bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish, xorijiy aviakompaniyalarga beshinchi darajadagi “havo erkinligi”ni taqdim etishni nazarda tutuvchi “Ochiq osmon” rejimi” “Andijon”, “Buxoro” va “Urganch” xalqaro aeroportlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq joriy etiladi.

2. Xorijiy aviakompaniyalar ularning tegishli hujjatlarini tekshirish natijalariga ko‘ra, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) uchish xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha standartlariga muvofiq bo‘lishi sharti bilan havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning mavjudligidan qat’i nazar “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan xalqaro aeroportlarga doimiy qatnovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

3. “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan xalqaro aeroportlariga qatnovlarni amalga oshirayotgan xorijiy aviakompaniyalarga stavka va yig‘imlar uch yil davomida O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan aviakompaniyalar uchun belgilangan miqdorda qo‘llaniladi.

4. “Andijon” xalqaro aeroportiga “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomi berilib, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mamlakatning boshqa aeroportlariga eng yaxshi nomlarni aniqlash bo‘yicha ommaviy tanlovni e’lon qilish topshirildi.

5. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘l hududida turistik infratuzilma majmuasini yaratish va rivojlantirish uchun yangi “Orom qirg‘og‘i” (“Leisure Coast”) turistik zonasida suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish, doimiy avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish hamda tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirish topshirildi.

6. Mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda Zomin tumanida umummavsumiy, qishki va yozgi dam olish maskanlarini tashkil etish choralari ko‘riladi.

7. Madaniy meros ob’yektlari hududlarida belgilanmagan joylarda chiqindi tashlaganlik uchun jarimalarni oshirish, elektr ta’minotiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish, chiqindini utilizatsiya qilish, suv resurslaridan unumli foydalanishni nazarda tutuvchi “Clean&Eco” loyihalarini amalga oshiriladi.

8. Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarni tizimlashtirish va turlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi “Uzbekistan – hope and healing land” (“O‘zbekiston – umidli va shifobaxsh zamin”) tibbiy turizm dasturi ishlab chiqiladi.

9. 2021 yil 1 yanvardan boshlab “G‘ishtko‘prik” (Toshkent viloyati) va “Hayraton” (Surxondaryo viloyati) xalqaro nazorat-o‘tkazish punktlarida mavjud infratuzilma doirasida chegaradan tezkor o‘tish mexanizmlari – “Fast track” xizmati joriy qilinadi.

Bunda:

avtotransport vositalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslarning navbatdan tashqari pasport va bojxona nazorati jarayonlarini tezlashtirgan tartibda amalga oshirish uchun alohida yo‘lak;

jismoniy shaxslarning dam olishi va hordiq chiqarishi uchun shart-sharoitlar, shu jumladan onalar va bolalar xonalari, ovqatlanish shahobchalari hamda tijorat banklari filiallarini tashkil qilish va valyuta ayirboshlash uchun bankomatlar o‘rnatgan holda “VIP” zallar;

“Fast track” xizmati pullik asosda, shu jumladan, chegarani kesib o‘tishdan oldin 90 kun mobaynida oldindan to‘lov qilish yoki mobil ilovalar orqali to‘lash imkoniyatini yaratgan holda amalga oshiriladi.

10. Xorijiy mamkalatlarning ijobiy tajribasi asosida turistik zonalariga avtotransport vositalari (jamoat va maxsus transportlar, shuningdek, turistik zonalar hududida yashovchi aholining avtotransport vositalaridan tashqari) bilan kirish uchun yig‘im undirish mexanizmini joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан