Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojik-qirg‘iz mojarosi: yaralangan va qurbonlar soni qanchaga yetdi?
30.04.2021 08:58,  
604

Xabaringiz bor, so‘nggi paytlarda Qirg‘iziston va Tojikiston chegara hududida keskinlik paydo bo‘ldi. Keyinchalik bu mojaro aholi o‘rtasidagi toshbo‘rondan ikki mamlakat harbiylarining to‘qnashuviga ulanib ketdi.

Hozirda vaziyat rasmiylar tomonidan nazoratga olindi. Qirg‘iziston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirlari o‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Qirg‘iziston tomonidan

Biroq yuqorida qayd etilganidek vaziyatga harbiylarning aralashuvi ushbu mojaroda qon to‘kilishiga olib keldi. Oqibatda Qirg‘iziston tomonidan 46 kishi jabrlandi.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligiga ko‘ra, hodisa oqibatida yaralanganlardan biri ambulatoriya sharoitida davolanmoqda, yana biri vafot etgan. 

“Yaralangan va tanasining turli qismlaridan shikastlangan jabrdiydalarning qolgan qismi Botken viloyati sog‘liqni saqlash tashkilotlariga yotqizilgan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Tojikiston tomonidan

Ushbu to‘qnashuv oqibatida Tojikistonning Isfara shahri hokimi Bahovuddin Bahodurzoda yelkasidan yaralangan.

“Uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda, xavotirga o‘rin yo‘q”, deyiladi manba xabarida.

Isfara shahar hokimligi ma’muriyatiga ko‘ra, tojik tomonidan 31 kishi yaralangan va uch kishi halok bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан