Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi «Ishkobod» chegara postiga hujum qilganlar qaysi terror tashkilotidan ekani ma’lum bo‘ldi
6.11.2019 13:35,  
2674

Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston chegarasi yaqinidagi «Ishkobod» chegara postiga hujum qilganlar IShID jangarilari ekanini ma’lum qildi.

Maxsus operatsiya davomida hujum qilgan shaxslarning 15 tasi yo‘q qilindi. Qolgan 5 tasi qo‘lga olindi. Chegara qo‘shinlarining bir nafar askari va bir nafar Tojikiston IIV xodimi ham halok bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, jangarilar mamlakatga Afg‘oniston orqali kirishgan.

Qo‘lga olinganlar so‘roq qilinganida ular Tojikistonga terroristik harakatlarni amalga oshirish va mavjud vaziyatni izdan chiqarish maqsadida kelganini tan olishgan.

Bi-bi-si xizmatiga tojikistonlik jurnalistning o‘z manbasiga tayanib aytishicha, hujumchilarning hammasi qurbon bo‘lmagan, ayrimlari qochishga ulgurgan.

Hujum davomida chegara postidan o‘qotar qurollar bu guruh a’zolari qo‘liga o‘tgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан