Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonda koronavirus bilan kasallangan bemorlar qolmadi
16.01.2021 18:23,  
140

Tojikistonda COVID-19 bilan kasallangan bemor qolmadi, deya xabar bermoqda Daryo.Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 13 yanvar holatiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallangan bironta bemor qolmadi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vazirligi shu kuni bergan xabarda koronavirusdan tuzalgan so‘nggi 3 nafar bemorga uyiga javob berilgani aytiladi.Koronavirus pandemiyasi davrida Tojikistonda virusni yuqtirish bo‘yicha jami 13 308 holat aniqlangan. Bemorlarning 13 218 nafari sog‘aygan, 90 nafari vafot etgan.

Tojikistonda koronavirusni yuqtirish holati ilk marta 2020 yilning 30 aprelida tasdiqlangandi. Eng ko‘p kasallanish holatlari yoz va kuzda kuzatildi. 2021 yilda jami 12 ta holat qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning ikkinchi yarmida Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirmoqda. Dastlab tibbiyot xodimlari, keksalar va surunkali yuqumsiz kasalliklarga chalingan tojikistonliklar emlanadi.

Davlat departamenti rahbari Jamoliddin Abdullozodaning ta’kidlashicha, virus mamlakatda yozgacha butunlay yo‘q bo‘lib ketadi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан