Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘xtatildi
2.02.2021 13:39,  
228

Hozirda Tojikiston elektr energiyasini faqat Afg‘onistonga yetkazib bermoqda, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga yetkazib berish to‘xtatilgan, deya xabar berdi Asia-plus nashri Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma ma’lumotlariga asoslanib.

«O‘tgan yili mamlakatning barcha daryolarida suv oqimi kamaydi, natijada hukumat mamlakat aholisini kuz va qishda uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida eksportga cheklovlar joriy etdi», — dedi u.

2019 yil 2020 yil bilan taqqoslansa, pasayish 48 foizni tashkil etayotganligi qayd etildi.

«Hozirgi kunda Tojikistondan qo‘shni mamlakatlarga elektr uzatish liniyalari orqali minimal oqim uzatilmoqda. Bu uzatish liniyalarini bir-biriga bog‘lab turish uchun zarurdir», — deya ta’kidladi Tojikiston energetika vaziri.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан