Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tok o‘chishi natijasida “O‘zbekneftgaz” korxonalari vaqtincha to‘xtab qoldi
5.06.2021 11:38,  
186

4 iyun kuni soat 22:16 da “Talimarjon IES” energobloki avariyaviy to‘xtagani sababli “O‘zbekneftgaz” ob’yektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada, Sho‘rtan GKM, Muborak GQIZ, Buxoro NQIZning asosiy ishlab chiqarish qurilmalari ish faoliyati to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, bir qator gaz konlari, siquv kompressor stansiyalari ham to‘liq to‘xtagan.

Yuz bergan to‘xtalishlar “O‘ztransgaz” AJga qarashli magistral gaz quvurlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sarfi kamayishiga olib kelmoqda.

Hozirda, tegishli mutaxassislar hamkorligida yuzaga kelgan holatni bartaraf etish bo‘yicha tezkor ishlarni amalga oshirilmoqda, deyiladi bayonotda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан