Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tokio-2020: 3 nafar para suzuvchimiz medallar uchun kurashadi
25.08.2021 08:51,  
75

Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ilk kunida erkaklar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Muzaffar Tursunxo‘jayev va Islam Aslanov, ayolar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Shohsanamxon Toshpo‘latova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralash bahsida startga chiqdi.

Quvonarlisi, Islam Aslanov 26.35 soniya vaqt bilan 1-o‘rinni egalladi. 26.72 soniya vaqt sarflagan yana bir hamyurtimiz Muzaffar Tursunxo‘jayev 3-o‘rinni band qildi. Shu tariqa ikkala vakilimiz ham final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Shoxsanamxon Toshpo‘latova 30.79 soniya vaqt bilan 1-o‘rinni egallagan holda final yo‘llanmasini naqd qildi. Afsuski, Nigoraxon Mirzoxidova hamda Muslima Odilova saralashdan o‘ta olmadi.

Hamyurtlarimiz ishtirokidagi final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:32 da boshlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан