Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tokio-2020. Safiya Burxanova oltin medalni qo‘lga kiritdi
3.09.2021 08:10,  
207

Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan yozgi paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik Safiya Burxanova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

 Foto: Milliy Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Para yengil atletikaning F12 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.

Unda ishtirok etgan Safiya Burxanova 14,78 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu mavsumdagi eng yaxshi natija sifatida ham qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Safiya Burxanova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalini qo‘lga kiritgan edi. Braziliyadagi paralimpiadada chempionlikni qo‘lga kiritgan italiyalik Assunta Legnante bu safar kumush medal bilan cheklandi (14,62 m.). Meksikalik Rebeka Alvares Rio-2016’da bo‘lgani kabi bu safar bronza medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyaci hisobidagi medallar soni 17 taga yetdi: 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан