Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Tolibon» harakati tarjimonni qatl qilib, vertolyotda aholiga ko‘rsatdi
1.09.2021 09:04,  
1513

Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda amerikaning «Blackhawk» vertolyotiga arqon bilan osilgan odam Afg‘oniston osmonida aylantirilayotgani kadrlari tarqalgan. Ta’kidlanishicha, bu ishni «Tolibon» harakati amalga oshirgani taxmin qilingan. Video dastlab «Talib Times» Twitter akkauntida paydo bo‘lgan. Bu akkauntning tavsifiga «Afg‘oniston Islom Amirligining ingliz tilidagi rasmiy sahifasi» deb yozilgan. Tasvir «Islomiy Amirlik Harbiy-havo kuchlari Qandahor shahri ustidan uchib, shaharda patrullik qilmoqda», degan xabar bilan birga e’lon qilingan.


Vertolyotda kim osib qo‘yilgani aniq aytilmagan, biroq bir qator jurnalistlar bu «Tolibon» harakati tomonidan osilgan odam ekanini qayd etgan. «‘Tolibon’ bir kishini, ehtimol amerikalik tarjimonni, AQShning «Blackhawk» vertolyotiga osib qo‘ydi. AQShning qolgan vertolyotlari ham endi xuddi shunday ishlatiladi», — degan Hindistonning «Zee News» telekanali bosh muharriri Sudxir Chaudxari. Amerikalik teleboshlovchi Liz Uiler ham xuddi shunday taxminni bildirib, Twitter’da Amerika prezidenti «Jo Bayden javobgar» deb yozgan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан