Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tomsk oblastida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi
21.01.2020 20:15,  
200

Avval xabar berilganidek, Rossiya Federatsiyasi Tomsk oblastida yong‘in natijasida, 2 nafar fuqaro jabrlanib, 10 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida vafot etgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga asosan yong‘in sabablarini o‘rganish, jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilib, unga qator vazifalar yuklatildi. Jumladan: 

halok bo‘lgan fuqarolar va jabrlanganlarning yaqinlariga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish;

jabrlanganlar va halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadini Vatanga olib kelish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish;

Rossiya mutaxassislari bilan hamkorlikda yong‘inni kelib chiqish sabablarini o‘rganish;

mahalliy hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda vafot etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularning oila a’zolariga dafn marosimlarini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан