Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






To‘rtta viloyatda qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 36 kg giyohvand moddalarining savdosi fosh bo‘ldi
5.11.2021 11:54,  
92

Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yashovchi 45 yoshli qo‘shni davlat fuqarosi va zominlik 32 yoshli shaxs 3,88 kg opiy moddasini $32 mingga sotayotgan ushlangan.

Shuningdek, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tadbirda esa 1984 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi va 1963 va 1968 yilda tug‘ilgan ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosi 9,612 kg gashish moddasi bilan, shuningdek 1983 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi 1,784 kg opiy va 3,765 kg gashish moddasini moddalari bilan ushlandi.

Samarqandda esa muqaddam giyohvand moddalari bilan shug‘ullangani uchun sudlangan 38 yoshli shaxs 10,3 kg opiy bilan qo‘lga olindi.

Toshkent viloyatidagi «Chinor» postida Qo‘qon shahriga ketayotgan 29 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 to‘xtatildi. Haydovchi YPX xodimlarining talablariga bo‘ysunmay, qochishga uringan, biroq u qo‘lga olingan.

Avtomobil salonini ko‘zdan kechirish chog‘ida 4,902 kg gashish giyohvandlik moddasi topilib, olingan.Tekshirish davomida,  u muqaddam giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan.

Andijon viloyatida Toshkent shahriga ketayotgan Cobalt Bo‘ston tumanidagi YPX postida to‘xtatilib, ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida, Oltinko‘l tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 44 yoshli yo‘lovchidan 961 gr opiy topilib, olingan.
Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida ushbu shaxs giyohvandlik moddasini muqaddam sudlangan, hozirda Andijon shahrida yashovchi 47 yoshli Qirg‘iziston fuqarosidan olganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, qo‘lga olingan chet el fuqarosining uyidan 240 gr afyun topilib, olib qo‘yildi.

Qayd etilishicha, musodara qilingan 17,165 kg opiy va 18,299 kg gashish miqdoridagi narkotik moddalar Tojikiston va Qirg‘izistondan noqonuniy olib o‘tilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан