Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent ilk bor “Katta Dubulgʻa” turniriga mezbonlik qiladi
6.01.2021 22:34,  
122

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Tokio olimpiadasigacha boʻlgan davr uchun musobaqalar taqvimini eʼlon qildi. Eʼtiborga molik jihati, mamlakatimiz poytaxti Toshkent ilk bor “Katta Dubulgʻa” turniriga mezbonlik qiladi. Shu paytgacha har yili Toshkentda Gran-pri turniri oʻtkazib kelinayotgan edi. Oʻtgan yili “Humo Arena”da ushbu musobaqa muvaffaqiyatli tashkil etilgach, IJF Oʻzbekiston uchun “Katta Dubulgʻa” turnirini ham taqdim etishga qaror qildi. Musobaqa shu yil 5-7-mart kunlari oʻtkaziladi.  Eslatib oʻtamiz, mavsumni 11-13-yanvar kunlari oraligʻida oʻtadigan Qatardagi «Masters» turniri boshlab beradi. 6-13-iyun kunlari esa Olimpiadadan oldingi yilning eng nufuzli musobaqasi – Jahon chempionati tashkil etiladi. Vengriya poytaxti Budapesht shahri yana bir bor kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi. Darvoqe, 2021-yili mamlakatimiz tarixida ilk marotaba kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati Toshkentda oʻtkazilishi kerak edi. Biroq, pandemik sharoit tufayli oʻtkazilmadi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi rahbari Aziz Kamilovning oʻtgan yili IJF prezidenti bilan Budapeshtda oʻtgan uchrashuvida ayni shu masala ham muhokama qilingan va Toshkentda oʻtkazilmay qolgan kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati 2022-yilga koʻchirilishi maʼlum qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан