Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdan Kiyev va Xarkovga qatnovlar tiklanadi
25.02.2020 08:48,  
103

Joriy yil 20-22 fevral kunlari Kiyev shahrida O‘zbekiston-Ukraina biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ukrainaning Taraqqiyot, iqtisodiyot, savdo va qishloq xo‘jaligi vaziri T. Milovanov, Ukraina sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi rahbari A.Kinax, Ukraina Savdo–sanoat palatasi raisi G. Chijikov hamda Ukraina biznesi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashrif chog‘ida joriy yilning bahorida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Ukraina hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham ishlab chiqildi – bo‘lajak tadbir kun tartibiga kiritish uchun ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Shuningdek, Ukrainaning Infratuzilma vazirligida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovini va “Toshkent-Xarkov-Toshkent” bo‘ylab temir yo‘l liniyasini tiklash masalasiga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан