Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent metropolitenida bir oyda qancha elektr energiyasi sarflanishi ma’lum qilindi
8.05.2021 19:21,  
238

Transport vazirligi va AOKA hamkorligida 7 may, juma kuni jurnalistlar uchun yangi metropoliten bekatlari hamda qurilayotgan yerusti halqa metro yo‘nalishining 2-bosqichi bo‘ylab press-tur tashkil etildi.Toshkent metropoliteni rahbari Oybek Xudoyqulov tizimda bir oyda qancha elektr energiyasi sarflanishi haqidagi savolga javob qaytardi.

«Metroning barcha stansiyalari uchun sarflanadigan bir oylik elektr energiya miqdori 6—6,5 ming kilovaat soatni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich avval, ya’ni yangi stansiyalar qurilmasidan oldin 4,5—4,7 ming kilovaat soatni tashkil etardi. Bugungi kunda ishlatilayotgan energiyani mablag‘da hisoblaydigan bo‘lsak, oyiga 3,3 milliard so‘mga to‘g‘ri kelyapti. Yiliga esa 35-36 milliard so‘mni rejalashtirganmiz», — dedi Xudoyqulov.

Uning ta’kidlashicha, liniya va bekatlarda qo‘shimcha daromad olish maqsadida info kiosklar, reklamalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, qaysidir imoratlar ijaraga berilyapti. «Lekin asosiy qo‘shimcha daromad reklama orqali topiladi», — dedi Oybek Xudoyqulov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан