Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent metrosida o‘zini poyezd yo‘liga tashlagan ayol haqida ma’lumot berildi
29.12.2020 20:48,  
2803

28 dekabr kuni soat 21:23da Toshkent metropolitenining «Alisher Navoiy» nomli bekatida 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro B.I. o‘zini ataylab yaqinlashib kelayotgan poyezd ostiga tashlash maqsadida poyezd yo‘liga yotib olgan. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Metropoliten xodimlari va metro xavfsizlik bo‘limining tezkor harakatlari natijasida baxtsiz hodisaning oldi olingan. Fuqaro B.I. jiddiy jarohatlarsiz platformaga olib chiqilgan.

B.I. depressiya holatida bo‘lganligi va o‘zining nojo‘ya harakatlarini kuchli ehtiros holatida sodir etganligi qayd etilgan. Ushbu holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан