Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent metrosida tomosha uyushtirganlar jazolanadi — Transport vazirligi
4.04.2021 10:37,  
1021

Bu holatlar ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘ldi.Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatovdan olgan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda shunday tomoshani uyushtirgan yoshlarning shaxslari aniqlashtirilmoqda — deya yozmoqda ’Kun.uz’.

«Jamiyatda yurish-turish va odob-axloq qoidalari bor. Buni qanchalik bajarish yoki bajarmaslik fuqaroning o‘z madaniyati va tarbiyasi bilan bog‘liq. Videodan ko‘rinib turibdiki, bu yoshlar jamiyatdagi shunday qoidalarni mensimasdan, jamoat joyida tartib-qoidalarni qo‘pol ravishda buzishgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan ularning shaxslari aniqlashtirilmoqda. Ularga ham, agar voyaga yetmagan bo‘lishsa, ota-onalariga ham tegishli tartibda albatta chora ko‘riladi», – dedi Ashurmatov.

U bunaqa holatlar ko‘payib borayotgani, ulardan boshqalar ham o‘rnak olishayotganini ta’kidlab o‘tgan.

«Toshkent metropolitenidagi har bir bekatda nazoratchilar bor, lekin ular vagon ichida ketishmaydi. Video vagon yurib ketayotgan paytda olingan. Metropolitenga xontaxta va shunga o‘xshash buyumlarni olib kirish yoki milliy libosda kirishga esa taqiq yo‘q. Achinarlisi, jamoatchilik vakillari ham bu holatga tomoshabin sifatida qarab, suratlarga olib tarqatishgan», – dedi vazirlik matbuot kotibi.

Navro‘z Ashurmatov videoda karantin cheklovlaridan eng asosiysi – jamoat transportida tibbiy niqobsiz harakatlanmaslik tartibi ham buzilganiga e’tibor qaratgan.

Joriy yilning 1 aprelidan jamoat joylarida karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazorat qat’iylashtirilgan edi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yigitlarning Toshkent metrosida osh tanovul qilayotgani aks etgan qisqa video tarqalganiligi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан