Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent metrosida vagon ushlagichlariga oyog‘i bilan osilib turgan yigitga chora ko‘rildi
12.01.2021 15:28,  
290

Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida Toshkent metrosida o‘spirinning vagon yuqoridagi ushlagichlariga oyoqlari bilan osilib turib, g‘alati ovoz bilan baqirayotgani tasvirlangan video tarqaldi. «Toshkent metropoliteni» UKning ma’lum qilishicha, tergov jarayonida ushbu yigitlarning kimligi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, ular 2005 yilda tug‘ilgan A.A. va T.U. ismli yigitlar bo‘lib, Yunusobod tumanidagi 105-maktabda o‘qiydi. Ushbu harakatni yigitlar Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasini rivojlantirish, obunachilar sonini ko‘paytirish maqsadida amalga oshirgan.

Ular bilan Ichki ishlar vazirligi Metropolitendagi xavfsizlik boshqarmasi vakillari, poytaxt metropoliteni ma’muriyati, shuningdek, 105-maktab ma’muriyati va ota-onalar ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilgan. Mazkur holat bo‘yicha ish qo‘shimcha ko‘rib chiqish maqsadida hududiy (yashash joyidagi) voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limiga o‘tkazilgan.

Ushbu harakatlar huquqbuzarlik hisoblanadi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 115-moddasiga (metropolitendan foydalanish qoidalarini buzish) binoan chora ko‘riladi.

«Bundan tashqari, ular O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin davrida belgilangan niqob rejimiga rioya qilmay, qoidalarni buzgani uchun ham javobgarlikka tortiladi», — deyiladi xabarda.

Metropoliten rahbariyati yo‘lovchilarni ogohlikka chaqirib, ulardan metro xizmatlaridan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘ragan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан