Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent-Moskva poyezdi yo‘lga chiqib olgan tuya sabab manzilga kechikdi (video)
13.01.2020 12:21,  
839

Toshkentdan Moskvaga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi temiryo‘l liniyasiga tuya chiqib olgani uchun 44 daqiqaga kechikdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Hodisa Qozog‘iston-Rossiya chegarasida yuz berdi.

"Tuya poyezd ketayotgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlangan. Mashinist bir necha marta ovozli signallar bergan bo‘lsada, tuya yo‘ldan chekinmadi. Shu sababli mashinist poyezd tezligini pasaytirishga majbur bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Tarmoqda tarqalgan videoda ko‘rinishicha, tuya mashinistning signallariga e’tibor ham bermasdan o‘z yo‘lida davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан