Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tavsiya
14.01.2020 13:55,  
2372

Avvalo sizni poytaxtimiz hokimi lavozimiga qayta tasdiqlanganingiz bilan tabriklayman. O‘ylaymanki, yangi bosqichda «korrupsiya holatlarini yo‘q qilish ustida ish olib boraman, adolatli xizmat qilaman, har kunimda, har soatda, har daqiqada odamlarning farovon va rozi hayot kechirishlari, ularning ijtimoiy-siyosiy muammolarini hal etishga e’tibor beraman», degan va’dalaringizning ustidan chiqasiz.

Chunki shu vaqtgacha, haqiqatdan ham, juda ko‘p ish qilindi. Minglab oilalar yangi uylarga ko‘chib o‘tdi, yuzlab, minglab mayda-chuyda ijtimoiy-maishiy muammolar hal qilindi. Shu bilan birga, ayrim xato va kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Navbatdagi muddatda bu xatolar oqibatlarini bartaraf etish va yangilariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishingizga ishonaman.

Bunga qo‘shimcha ravishda, bo‘lg‘usi jamoatchilik bilan aloqalar va reklama sohasi mutaxassisi sifatida bir qancha tavsiyalarimni bildirmoqchiman.

To‘g‘ri, hozirda siz haqingizda salbiy fikrlar va qarashlar, tanqidiy maqola va chiqishlar juda ko‘p. Jamoatchilik bosimi ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini oxirgi chiqishingizda aytib o‘tdingiz ham. Ammo siz tanqid va salbiy munosabatlarga to‘g‘ri va tabiiy yondashishingiz kerak. Salbiy xarakterdagi axborotlar ish samaradorligini pasaytirishi emas, balki aksincha, xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun imkoniyat sifatida qabul qilinishi kerak. Buni Sistema nazariyasi misolida asoslab bersam.

Sistemar nazariyasiga (System theory) ko‘ra, har bir sistema (sizning misolingizda - hokimiyat) ochiq bo‘lishi va tashqi muhit bilan doimiy ravishda qayta aloqani (feedback) saqlab turishi kerak. Ochiq sistemalarda qayta aloqaning ikki turi bo‘ladi, ular: ijobiy va salbiy qayta aloqa.

Salbiy qayta aloqada sistema o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarga qay darajada erishganiga doir muhim axborotlarni qo‘lga kiritadi. Ya’ni, salbiy qayta aloqa sistemaning qay darajada to‘g‘ri ishlayotganini tashqaridan kelayotgan salbiy axborotlar, tanqidlar orqali bilish hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun kerakli tadbirlarni amalga oshirishga imkon yaratadi.

Bu yerda muhim jihat shundaki, «negativ fidbek» faol bo‘lgan jamoatlar (public) tomonidan bildirilishi kerak. Siz xafa bo‘layotgan OAV esa aynan faol jamoatlardan hisoblanadi va jurnalistlar tomonidan aytilayotgan tanqidlar, tarqatilayotgan salbiy axborotlar aslida aksariyat holatlarda o‘zining sifatliligi, haqiqatga mosligi bilan ajralib turadi.

Ijobiy qayta aloqada («pozitiv fidbek») esa sistemada to‘g‘ri ishlayotgani haqida xulosalar uyg‘otadi va shu holatda ishlashda davom etish kerakligi tushuniladi. Ya’ni, «demak biz to‘g‘ri ishlayapmiz va shunday ishlashda davom etamiz», degan xulosaga olib keladi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan sistemaning qulashiga (atrofiya) olib kelishi mumkin. Albatta, atrofiya birdaniga ko‘zga tashlanmaydi, uzoq vaqt davomida, asta-sekinlik bilan yuzaga keladi.

Shu sababli, yana bir bor ta’kidlash kerakki, salbiy fikrlar va tanqidlarga to‘g‘ri va tabiiy holat deb qarash, ularga sovuqqonlik bilan (e’tiborsizlik bilan emas) yondashish lozim. Ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarish hamda ko‘rsatilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etishga kirishish kerak.

OAVdagi salbiy axborotlar, tanqidlarga sabab bo‘lgan muammo, ilmiy til bilan aytganda inqiroz, bu – aslida imkoniyat, qulay fursatdir. Bu imkoniyatdan foydalanib, tashkilot (sistema) obro‘sini oshirish, salbiy qarashlarni ijobiyga aylantirib qo‘yish mumkin. Biroq bu – butunlay boshqa mavzu.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан