Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar hokimligi huzuridagi markaz xodimi qo‘lga tushdi
26.01.2022 12:56,  
174

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK xodimi o‘zining 3 nafar jinoiy sherigi bilan kelishgan holda, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan va Toshkent tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 30 sotix yer maydonini ko‘p qavatli turar-joy barpo etish uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ajratib berilishini va’da qilib, evaziga qurilish firmasi rahbaridan 420 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Ular so‘ralgan pul mablag‘idan 42 ming dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Urgut tumanida yashovchi, 1997 va 1998 y.t. 2 nafar fuqaro o‘zganing nomida bo‘lgan fermer xo‘jaligiga tegishli 50 sotix suvli yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan xaridorga 65 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 ming dollar olgan vaqtlarida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi. 

Jomboy tumanida yashovchi, 1999 y.t. shaxs ham Davlat kadastrlar palatasining mazkur tumandagi filiali xodimi bilan kelishgan holda, hokimlik zaxirasida bo‘lgan 25 sotix bo‘sh yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 24 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Davlat kadastrlar palatasining Jizzax viloyatidagi tuman filiallaridan birining rahbari mahalliy fuqaroning yashash xonadoni yonida joylashgan 38 sotix yer maydonini auksion orqali sotib olishda ko‘maklashish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga undan 6,5 ming AQSh miqdorida pora talab qiladi. 

DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘idan 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi

Sirdaryo tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro ham o‘zganing ishonchiga kirib, Guliston tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 6 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga

4 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQK Departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан