Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vaksina sinovida ishtirok etdi
1.02.2021 19:45,  
129

Toshkent shahar IIBB Tibbiyot bo‘limi shaxsiy tarkibi koronavirusga qarshi vaksina sinovining 3-bosqichida ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda bosh boshqarma matbuot xizmati.

Dastlab yanglishib Toshkent shahar IIBBda vaksinatsiya jarayoni boshlangani aytildi, so‘ng bu haqdagi xabar o‘chirilib, bu ommaviy emlash emas, undan avvalgi tadqiqot ekanligi bildirildi.

Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofharmacyeutical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ZF2001 rekombinant vaksinasining klinik sinovining III bosqichi Innovatsiya vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi va Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ITI tomonidan o‘tkazilmoqda.

Vaksina sinovlaridan birinchilardan bo‘lib Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Muhiddin Jo‘rayev o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан