Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar transport boshqarmasi poytaxt ko‘chalarida paydo bo‘lgan ko‘chma kameralarga izoh berdi
10.12.2020 11:27,  
1108

Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati poytaxt ko‘chalarida paydo bo‘lgan ko‘chma kameralar nima maqsadda ishlatilayotganini tushuntirdi.

Qayd etilishicha, poytaxt ko‘chalarida yo‘lovchilar va transport vositalari oqimini o‘rganishni nazarda tutuvchi "Toshkent shahri transport va yo‘l-transport infratuzilmasining bosh rejasi"ni ishlab chiqish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

“Shu munosabat bilan xodimlar tomonidan katta chorrahalarda transport vositalari hisobi yuritilmoqda hamda yo‘lovchilar soni aniqlanib borilmoqda. Buni amalga oshirish uchun ko‘chma kameralardan foydalanilmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, mazkur tadqiqot ishlarida foydalanilayotgan kameralar yo‘l harakati qoidalarining buzilish holatlarini aniqlashga mo‘ljallanmagan”, - deyiladi izohda.
 
Toshkent shahar transport boshqarmasi poytaxt ko‘chalarida o‘tkazilayotgan tadqiqot ishlari to‘g‘risida internetda tarqalgan noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘ragan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан