Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida vaksinaning nojo‘ya ta’sirlarini davolash uchun 4 ta shifoxona tayyorlab qo‘yilgan
8.04.2021 14:02,  
1713

Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolarda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlarga qarshi kurashish maqsadida poytaxtda tashkil etilgan 81 ta emlash punkti ) 4 ta shifoxonaga biriktirilgan. Bu haqda «Gazeta.uz» ma’lum qildi.

Shifoxonalar ro‘yxati:

Uchtepa tumanidagi shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi;
Shayxontoxur tumanidagi 1-son shahar klinik shifoxonasi;
Yashnobod tumanidagi 4-son shahar klinik shifoxonasi;
Yunusobod tumanidagi 7-son shahar klinik shifoxonasi.

Avvalroq, SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 6 aprel holatiga ko‘ra, 71 nafar fuqaroda nojo‘ya ta’sirlar  qayd etilganini aytgandi.

SES axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, «mazkur shifoxonalarga hozirgi kunga qadar vaksinaning nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan birorta bemor yotqizilmagan. Bunga zarurat bo‘lmagan».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан