Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida yana qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
3.01.2022 19:09,  
42

Yo‘lovchilarga, ayniqsa, talabalarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida 2022 yil 4 yanvardan 9 yanvargacha “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida 556/555 sonli qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Harakat jadvaliga ko‘ra “Toshkent-Urganch” yo‘nalishidagi 556-sonli yo‘lovchi poyezdi 2022 yil 4, 6, 8 - yanvar kunlari soat 23:00 da Toshkent janubiy temir yo‘l vokzalidan, “Urganch-Toshkent” yo‘nalishida haratlanadigan 555-sonli yo‘lovchi poyezdi esa 2022 yil 5, 7, 9 - yanvar kunlari soat 19:30 da Urganch temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Shu sababli 2022 yil 7 yanvar kuni “Andijon-Xiva” yo‘nalishida harakatlanadigan 656 sonli yo‘lovchi poyezdining harakat jadvaliga 1 kunlik o‘zgartirish kiritiladi. 

Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан