Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyati tuman va shaharlarining hududiy chegaralari ko‘rib chiqiladi
15.06.2021 15:42,  
121

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, deputat Odiljon Tojiyevni ma’lum qilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi qarori bilan, bugun Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Yig‘ilishda bir qator qonun loyihalari muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Xususan, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l, Bekobod shaharlari chegaralarini o‘zgartirish masalasi deputatlar muhokamasiga kiritilgan.

Deputat O.Tojiyevni alohida qayd etishicha, ushbu masala tegishli komissiyalar tomonidan jiddiy o‘rganilgan, aholini fikri olingan va qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra Xalq deputatlari mahalliy va hududiy kengashlarda muhokama qilinib, qarorlar qabul qilinib, Hukumat tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан