Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida byudjet pullarini "yegan" 50 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
6.04.2021 09:44,  
372

Bu haqda Senat Raisi Tanzila Narbayeva Toshkent viloyati hokimligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.  

"2020 yil 6 oktyabr kuni o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishda belgilangan vazifalar ham tizimli ravishda bajarilmoqda. Byudjetga jami 445 mlrd. so‘m, shundan mahalliy byudjetga 244 mlrd. so‘m qo‘shimcha daromad manbaalari aniqlanib, 83,2 mlrd. so‘m qo‘shimcha soliqlar hisoblanishi ta’minlanadi. Mahalliylashtirish bo‘yicha 7 ta istiqbolsiz loyihalar 14 ta yangi loyihalar bilan almashtirildi.

Shuningdek, Senat qarori bilan viloyatda ijrosi ta’minlanmagan umumiy qiymati 294,4 mlrd. so‘mlik 12 ta loyiha ishga tushirilishiga erishildi. Mahalliy byudjetdan maqsadli va samarali foydalanishda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 50 nafar mansabdor javobgarlikka tortilib, ular tomonidan yetkazilgan 1 mlrd. so‘mlik zarar undirildi. Byudjetga esa 22 mlrd. so‘m miqdoridagi soliqlar to‘lanishiga erishildi", - degan Senat raisi o‘z nutqida. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан