Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida bir kunda 228 nafar piyoda jarimaga tortildi
30.11.2020 21:08,  
119

Toshkent viloyatida tez-tez «Diqqat, piyoda!» profilaktik tadbiri o‘tkazib borilmoqda. Kuni kecha ham ana shu tadbir viloyat miqyosida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda viloyati IIB YHXB Axborot xizmati.

Tadbir o‘tkazilgan bir kunda jami 228 nafar piyodaga nisbatan MJtKning 138-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Bu moddaning 1-qism bilan piyodalarga quyidagilar taqiqlangan:

  • yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmaslik;
  • yo‘lni belgilanmagan joylardan kesib o‘tish;
  • yo‘lning qatnov qismida va piyodalar o‘tish joyida telefondan foydalanish, kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qish, video tomosha qilish va audiomateriallarni eshitish, shuningdek e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish.

Yuqoridagi huquqbuzarliklar uchun sanksiya – BHMning uchdan bir qismi (74 333 so‘m) miqdoridagi jarima.

«Bekobod tumanida yashovchi fuqaro, 1971 yilda tug‘ilgan U.X. Bo‘ka tumanida yo‘lni belgilanmagan joyidan, serqatnov transport vositalari orasidan kesib o‘tayotgan vaqtda YPX inspektori tomonidan to‘xtatildi va unga qilgan xatosi tushintirilib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qarangki, bu piyoda avval ham xuddi shunday qoidabuzarligi uchun jarimaga tortilgan ekan.

Quyichirchiq tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori K.Shaxyusupov ham yo‘lni belgilanmagan joyidan, transport vositalari harakatiga halal bergan holda kesib o‘tayotgan piyoda, 1991 yilda tug‘ilgan M.G‘.ni to‘xtatib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi.

Bu kabi misollarni yana talayginasini keltirib o‘tishimiz mumkin. Ammo gap faqat misollarda emas, balki qoidalarga amal qilishda. Chunki yo‘l hamisha tasodiflarga to‘la bo‘lgan. Yo‘llarimizda xavf-hatar hamisha mavjud. Undan asranish esa avvalo har kimning o‘z qo‘lida ekanligini unutmang.

Yo‘llarda doimo hushyor va sergak bo‘ling. Unutmang, siz ko‘rib turgan narsalarni haydovchi ko‘rmasligi mumkin. Haydovchilar, yo‘lda xavf to‘satdan paydo bo‘lishini doimo yodda saqlang. Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling», – deyiladi Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан