Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida Damaslar qatnoviga ruxsat berildi
15.09.2020 12:49,  
73

Toshkent viloyati maxsus komissiyasining  topshirig‘iga muvofiq, 2020 yilning 15 sentyabridan boshlab Toshkent viloyati hududida yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida “Damas” rusumli yengil avtomobillar qatnovini  qayta tiklashga ruxsat berildi.

Bunda bir qator  sanitariya va me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi talab etiladi:

- har qatnovga chiqishdan oldin haydovchi va chiptachilarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37 S va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- haydovchilarning  tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishini hamda transport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan holda bo‘lishini ta’minlash;

- yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishini nazorat qilish, tibbiy niqobi bo‘lmagan holatda ularning transportga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- transport vositasini  doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazish;

- sanitar ishlov berilmagan, texnik ko‘rikdan o‘tmagan, texnik nosoz transport vositasini ishga chiqarilishini qat’iyan ta’qiqlash.

Shuningdek, tashishlarni pandemiya sharoitida karantin va harakat xavfsizligi, yo‘lovchilar tashish qoidalariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirish yuzasidan yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan korxonalar mas’ul xodimlari tomonidan yo‘riqnomalar o‘tkazib borilishi talab etiladi.

Bunda har bir transport vositalari litsenziya varaqalari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishi shart.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан