Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent xalqaro kinofestivali yuksak saviyada o‘tdi
3.10.2021 22:39,  
119

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov mamlakatimizda  qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivali o‘zbek kinosini rivojlantirishda muhim omil bo‘lganini ta’kidladi.

Kinofestival doirasida ko‘plab rang-barang tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Taqdimotlar, premeralar, ijodiy tanlovlar, davra suhbatlari va mahorat darslari shular jumlasidandir. Qatnashchilar yangilanayotgan O‘zbekiston bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Muloqotlar kino sohasidagi hamkorlikning yanada kengayishiga imkon bergani, shubhasiz. "Kino 5 kunda" dasturi yoshlarga tobora ko‘proq izlanish kerakligini anglatdi.

Anjumanda ishtirokchi davlatlar vakillari  ijod ahlining o‘zaro hamkorligiga imkon yaratish borasidagi amaliy g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdilar.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamda bir qator davlatlar kino tuzilmalari o‘rtasida hamkorlikka oid muhim hujjatlar imzolandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан