Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 16 yoshli yigit ikkinchi qavatdan yiqilishi oqibatida tanasiga ikkita armatura kirib ketdi
5.02.2022 21:12,  
333

Ijtimoiy tarmoqlarda shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan murakkab operatsiya o‘tkazilgan jarayoni lavhalari tarqaldi. Bu haqda SSV Axborot xizmati xabar berdi.

Videotasvirda yosh yigitning baxtsiz hodisa sabab jiddiy jarohat olgani, tibbiyot xodimlari uning tanasiga kirib ketgan armatura bo‘lagini murakkab jarrohlik yo‘li bilan chiqarib, bemorning hayotini saqlab qolgani aks etgan. 

Joriy yilning 20 dekabr kuni soat 11:00 larda 16 yoshli R.S. og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelingan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2005 yilda tug‘ilgan yigit qurilish jarayonida ikkinchi qavatdan yiqilib tushishi oqibatida diametri 15 mm.lik ikkita armatura bo‘lagi tanasiga kirib ketgan. Shundan so‘ng u zudlik bilan "Tez yordam" mashinasida shifoxonaga olib kelingan.

Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi qabul bo‘limida bir qancha mutaxassislar ko‘rigidan so‘ng bemorning bosh miya, bo‘yin, ko‘krak va bel-umurtqa sohalari, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i a’zolari MSKT qilingan. Shuningdek, qorin bo‘shlig‘i va ko‘krak qafasi ultratovush tekshiruvidan o‘tkazilgan.

Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining aytishicha, metall parchasi bemor ko‘krak qafasining o‘ng orqa yuzasi, 7 va 9-qovurg‘alari orasidan kirib, 6-ko‘krak umurtqasini teshib o‘tgan va orqa miya ezilishiga sabab bo‘lgan va so‘ngra o‘ng o‘mrovosti arteriyasi tagidan o‘tib, bosh suyagi miya asosining o‘rta chuqurchasini teshib kirgan.

Bosh miya o‘rta darajada lat yegan. Bundan tashqari, o‘ng chakka suyagi va orqa miyaning ochiq, teshib o‘tgan jarohati, 6-ko‘krak umurtqasining maydalanib sinishi kabi o‘ta og‘ir shikastlanishlar bemor hayotiga xavf solib turgan edi.

Markazning 10 dan ortiq eng malakali mutaxassislari tomonidan 5 soatdan ziyod vaqt davomida amalga oshirilgan murakkab jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Natijada bemorning hayoti saqlab qolindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан